ZILZILA surasi

99.1 . Qachonki, Yer o'zining (eng dahshatli) zilzilasi bilan qimirlaganida,

99.2 . Yer (o'z qa'ridagi konlaru murdalardan iborat) "yuk"larini (yuzaga) chiqarib tashlaganida

99.3 . va (qayta tirilishni inkor qiluvchi) inson (dahshatga tushib): "Unga ne bo'ldi ekan?" - deb qolganida

99.4 . ana o'sha kunda Yer o'z xabarlarini so'zlar.

99.5 . (So'zlashga) Rabbingiz vahiy (ruxsat) qilganini aytur.

99.6 . O'sha Kuni odamlar, ularga (nomai) a'mollarini ko'rsatilishi uchun to'da-to'da bo'lib chiqib kelurlar.

99.7 . Bas, kimki dunyoda zarra miqdorida yaxshilik qilgan bo'lsa, (Qiyomat kuni) uni ko'rar.

99.8 . Kimki zarra miqdorida yomonlik qilgan bo'lsa, uni ham ko'rar.