QADR surasi

97.1 . Albatta, Biz u (Qur'on)ni Qadr kechasida nozil qildik.

97.2 . (Ey, Muhammad,) Qadr kechasi nima ekanini Sizga ne ham anglatur?!

97.3 . Qadr kechasi ming oydan yaxshiroqdir.

97.4 . U (kecha)da farishtalar va Ruh (Jabroil) Parvardigorlarining izni bilan (yil davomida qilinadigan) barcha ishlar (rejasi) bilan (osmondan yerga) tusharlar.

97.5 . U (kecha) to tong otgunicha salomatlikdir.