SHARH surasi

94.1 . Ey, Muhammad,) ko'ksingizni (ilmu-hikmatga) keng ochib qo'ymadikmi?!

94.2 . Sizdan yukingizni olib qo'ydik,

94.3 . qaysiki, belingizni ezib turgan edi.

94.4 . Zikringizni (martabangizni) ham baland qilib qo'ydik.

94.5 . Bas, albatta, har bir qiyinchilik bilan birga yengillik bordir.

94.6 . Albatta, har bir qiyinchilik bilan birga yengillik bordir.

94.7 . Bas, (ey, Muhammad,) qachonki, (namozdan) foriq bo'lsangiz, (o'rningizdan) turing

94.8 . va Rabbingiz sari rag'bat (bilan iltijo) qiling!