ZUHO surasi

93.1 . Qasamyod eturman choshgoh vaqtiga

93.2 . va (o'z zulmati bilan atrofni) qoplab turgan kechagaki,

93.3 . (ey, Muhammad,) Rabbingiz Sizdan voz kechgani ham yo'q, yomon ko'rib qolgani ham yo'qdir!

93.4 . Albatta, Siz uchun oxirat dunyodan yaxshiroqdir.

93.5 . Yaqinda Rabbingiz Sizga (shunday ne'matlar) ato eturki, Siz, albatta, (undan) rozi bo'lursiz.

93.6 . (Ey, Muhammad, Rabbingiz) Sizni yetim holda topib, boshpana bermadimi?!

93.7 . Yana Sizni gumroh (g’ofil) holda topib, (Haq yo'liga) hidoyat qilib qo'ymadimi?!

93.8 . Sizni kambag’al holda topib, boy qilib qo'ymadimi?!

93.9 . Bas, endi Siz (ham) yetimga qahr qilmang!

93.10 . Soil (gado)ni esa (malol olib) jerkimang!

93.11 . Parvardigoringizning (Sizga ato etgan barcha) ne'mati haqida esa (odamlarga) so'zlang!