FAJR surasi

89.1 . Qasamyod etaman tong (vaqti)ga,

89.2 . "O'n kecha"ga,

89.3 . juft va toq (narsalar)ga

89.4 . va o'tayotgan kechagaki, (albatta, kofirlar jazolanurlar)!

89.5 . Mana shu (narsa)larda aql egasi uchun (yetarli) qasam bordir?!

89.6 . Rabbingiz Od (qabilasi)ni nima qildi, ko'rmadingizmi?!

89.7 . (Ular) baland ustunli Iram (shahridan) bo'lib,

89.8 . (boshqa) yurtlarda uning o'xshashi yaratilmagan.

89.9 . Vodiyda xarsang toshlarni (uy solish uchun) kesgan Samud (qabilasi)ni,

89.10 . qoziqlar (ahromlar va qasrlar) egasi bo'lmish Fir'avnni (qanday halokatga duchor qilganini-chi)?

89.11 . Ular yurtlarida hadlaridan oshib,

89.12 . u joylarda buzg’unchilikni ko'paytirib yuborgan edilar.

89.14 . Albatta, Rabbingiz (barcha narsani) kuzatib turuvchidir.

89.15 . Bas, endi insonni qachonki, Parvardigori imtihon uchun ikrom etib, unga ne'mat ato etsa, darhol: "Parvadigorim (loyiq bo'lganim uchun) meni ikrom etdi", - der.

89.16 . Ammo, qachonki, (Parvardigori) uni imtihon uchun, rizqini tang qilib qo'ysa, darhol: "Parvardigorim meni xor qildi", - der.

89.17 . Yo'q! Aksincha, sizlar yetimni ikrom qilmaysizlar.

89.18 . Miskin (bechoraga) taom berishga ham bir-biringizni targ’ib qilmaysizlar.

89.19 . Merosni esa (o'z ulushingizga o'zgalarnikini) qo'shib yeyaverasizlar.

89.20 . Yana mol-dunyoni qattiq muhabbat bilan sevasizlar.

89.21 . Yo'q! Qachonki, Yer qattiq silkinganda

89.22 . va Rabbingiz (hukmi) va farishtalar saf-saf bo'lib kelganda

89.23 . hamda o'sha Kuni jahannam ham (yaqin) keltirib qo'yilganda - ana o'sha Kunda inson (bu ko'rganlaridan) eslatma olur. (Ammo) unga eslatma qayoqda ekan?!

89.24 . U: "Eh, koshki edi men hayot vaqtimda (yaxshi amallarni) taqdim etgan bo'lsam", - der.

89.25 . U Kundagi (Allohning) azobidek hech kim azoblamas.

89.26 . Uning (kishan va zanjirlarni) bog’lashidek ham hech kim boqlamas.

89.27 . "Ey, xotirjam (sokin) jon!

89.28 . (Ato etilgan ne'matlardan) rozi bo'lgan (va Alloh taolo tomonidan) ham rozi bo'lingan holingda, Rabbing (huzuri)ga qaytgin!

89.29 . Bas, (solih) bandalarim (safi)ga qo'shilgin

89.30 . va jannatimga kirgin!