TORIQ surasi

86.1 . Osmonga va Zuhal (yulduzi)ga qasamyod etaman.

86.2 . (Ey, Muhammad,) Siz Zuhal nima ekanini qayerdan ham bilar edingiz?!

86.3 . (U nuri) o'tkir yulduzdir.

86.4 . Har bir jon egasi ustida (uni saqlovchi va amallarini) yod oluvchi (farishta) bordir.

86.5 . Bas, inson o'zining nimadan yaralganiga bir boqsin!

86.6 . (U) otilib chiquvchi bir "suv"dan yaralgan.

86.7 . (U "suv" esa) otaning pushti kamari va onaning ko'krak suyagidan chiqur.

86.8 . Shubhasiz, U (Alloh) uni qayta tiriltirishga qodirdir.

86.9 . Sirlar fosh qilinadigan kuni

86.10 . unga (Allohning azobidan qutqaruvchi) biror kuch ham, biror yordamchi ham bo'lmas.

86.11 . Qasamyod etaman yomg’irli osmonga

86.12 . va (u sababli) yorib chiqish (don-dun, o't-o'lan) egasi bo'lmish Yergaki,

86.13 . shubhasiz, u (Qur'on) ajrim etuvchi (qat'iy) So'zdir.

86.14 . U hazil (behuda so'z) emasdir.

86.15 . Albatta, ular (kofirlar) makr qilurlar.

86.16 . Men ham "makr" qilurman.

86.17 . Bas, (ey, Muhammad,) kofirlarga ozgina muhlat va muddat bering!