QIYOMAT surasi

75.1 . Qiyomat kuniga qasamyod eturman.

75.2 . Shuningdek, malomatchi nafsga qasamyod eturmanki, (qayta tirilib, hisob-kitob qilinursizlar)!

75.3 . Inson uning (chirib ketgan) suyaklarini sira to'play (tiklay) olmasligimizni Bizdan gumon qilurmi?!vInson uning (chirib ketgan) suyaklarini sira to'play (tiklay) olmasligimizni Bizdan gumon qilurmi?!

75.4 . Yo'q, Biz uning barmoqlarini (ham tiklab) tekislab qo'yishga qodirmiz!

75.5 . Balki, inson kelgusida fujur (gunoh ishlarni) qilishni istaydi.

75.6 . "Qiyomat kuni qachon o'zi?" - deb so'raydi.

75.7 . Bas, (Qiyomat dahshatlaridan) ko'z qamashganda,

75.8 . oy ham tutilganda,

75.9 . quyosh va oy birlashtirilganda,

75.10 . ana o'sha Kunda inson: "(Jazodan) qochadigan joy qayerda?" - deb qolur!

75.11 . Yo'q! Boshpana yo'qdir!

75.12 . U Kunda yolg'iz Rabbing (huzurida) qaror topishgina bordir.

75.13 . U Kunda insonga (dunyodalik choqida) qilib o'tgan va qoldirgan (barcha) narsalarning xabari berilur.

75.14 . Balki, (U Kunda) inson (a'zolari) o'zining zarariga guvohlik beruvchidir.

75.15 . Garchi (u) uzrlarini (o'rtaga) tashlasa ham.

75.16 . (Ey, Muhammad, Qur'onni) tezroq (yodlab) olish uchun tilingizni u bilan qimirlatmay qo'ya qoling.

75.17 . Zero, uni (Sizning dilingizda) jamlash ham, (tilingizdagi) qiroati ham Bizning zimmamizdadir.

75.18 . Bas, qachon Biz (Jabroil tilida) uni o'qisak, Siz ham uni o'qishga ergashing!

75.19 . So'ngra uni (Qur'onni) bayon qilib berish ham, albatta, Bizning zimmamizdadir.

75.20 . Yo'q! (Ey, Makka mushriklari,) balki sizlar naqd (dunyo)ni yaxshi ko'rasizlar.

75.21 . Oxirat (Kuni)ni esa tark etasizlar.

75.22 . U Kunda ba'zi yuzlar yashnovchi,

75.23 . Parvardigorlariga boqib turuvchidir.

75.24 . Yana u Kunda ba'zi yuzlar burishgan,

75.25 . o'zlariga, albatta, noxushlik bo'lishini o'ylab (kutib) turarlar.

5.26 . Darhaqiqat, (jon) halqumga yetgan,

75.27 . (vafot etayotganga): "Dam soluvchi kishi bormi?" - deb qolingan,

75.28 . (jon taslim qilayotgan kimsaning) o'zi (bu dunyodan) ajralish ekanini anglagan,

75.29 . (jon berish qiyinligidan) oyoq - oyoqqa chalishib qolgan bir vaqtda

75.30 . yolg'iz Rabbingiz (huzuri)ga haydalish bordir.

75.31 . Na (Qur'on va payg'ambarni) tasdiq etdi (u) va na namoz o'qidi.

75.32 . Balki, u (Qur'onni) yolg'on dedi va (imondan) yuz o'girdi.

75.33 . So'ngra gerdayganicha o'z ahli tomon ketdi.

75.34 . (Ey, ko'rnamak inson,) holingga voy sening, yana voy!

75.35 . So'ngra holingga voy sening, yana voy!

75.36 . Inson o'zini bekor tashlab qo'yiladi deb o'ylaydimi?!

75.37 . Axir, u (bachadonga) to'kiladigan maniydan iborat bir (haqir) nutfa emasmidi?!

75.38 . So'ngra laxta qon bo'ldi. Bas, (Alloh uni) yaratib, tikladi.

75.39 . So'ngra undan juftlar - erkak va ayolni (paydo) qildi.

75.40 . Ana shu (Alloh) o'liklarni tiriltirishga qodir emasmi