RAHMON surasi

55.1 . Mehribon (Alloh)

55.2 . Qur'onni ta'lim berdi.

55.3 . (U) insonni yaratdi.

55.4 . Unga bayonni (nutqni) ta'lim berdi.

55.5 . Quyosh ham, oy ham (aniq) hisob bilan (joriydirlar).

55.6 . Poliz ekinlariyu daraxtlar ham (Allohga) sajda qilur (bo'yin sunur).

55.7 . Osmonni baland qilib qo'ydi va tarozini joriy qildi.

55.8 . Toki, tarozida haddan oshmagaysizlar.

55.9 .(Ey, insonlar, muomalada) vaznda adolat o'rnatinglar va tarozidan urib qolmanglar!

55.10 . (U) Yerni odamlar uchun (tekis qilib) qo'ydi.

55.11 . Unda meva va g'unchali xurmo daraxtlari bor.

55.12 . Yana somonli donlar va rayhon (gullari bor).

55.13 . Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?!

55.14 . U insonni (Odamni) sopol yangliq quruq loydan yaratdi.

55.15 . Jin (va shaytonlarni) esa olovdan yaratdi.

55.16 . Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?!

55.17 . (Alloh) ikki mashriqning (ya'ni, kun va oy chiqadigan tomonlarning) ham, ikki mag'ribning (kun va oy botadigan tomonlarning) ham Parvardigoridir.

55.18 . Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?!

55.19 . U ikki dengiz (daryo)ni bir-birlari bilan uchrashadigan qilib (yonma-yon) oqizib qo'ydi.

55.20 . (Ammo) u ikkisining o'rtasida bir to'siq bo'lib, ular (o'sha to'siqdan) oshib o'tmaslar.

55.21 . Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?!

55.22 . U ikkisidan (dengizdan) marvarid va marjon chiqur.

55.23 . Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?!

55.24 . Uning dengizda (yelkanlari) tog'lar kabi baland ko'tarilgan kemalari ham bordir.

55.25 . Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?!

55.26 . (Yer) yuzidagi barcha mavjudot foniydir.

55.27 . Ulug'lik va ikrom sohibi bo'lmish Rabbingizning "yuzi" bog'liy qolur.

55.28 . Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?!

55.29 . Osmonlar va Yerdagi (barcha) jonzot (hojatlarini) Undan so'rar. U har kuni faoliyatdadir.

55.30 . Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?!

55.31 . Yaqinda (Qiyomatda) sizlar(ni hisob-kitob qilish) uchun foriq bo'lajakmiz, ey, insu jinlar!

55.32 . Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?!

55.33 . Ey, jin va ins jamoasi! Agar sizlar (Allohning jazosidan qochib) osmonlar va Yer hududlaridan o'tib ketishga qodir bo'lsangizlar, o'tib ketaveringizlar! Sizlar kuch-qudratsiz sira o'tib keta olmassizlar!

55.34 . Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?!

55.35 . (U Kunda) ustingizga olovdan iborat bir alanga va tutun yuborilurki, sizlar (unga qarshi) yordam topa olmassizlar.

55.36 . Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?!

55.37 . Bas, qachonki, (Qiyomat qoyim bo'lgach,) osmon yorilib, (jahannam haroratidan) yog'kabi qizarib qolganida,

55.38 . Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?!

55.39 . Ana o'sha Kunda na ins va na jindan (qilib o'tgan) gunohi to'g'risida so'rab o'tirilmas.

55.40 . Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?!

55.41 . Balki) jinoyatchi (osiy) kimsalar o'z belgilaridan tanilib, peshona sochi va oyoqlaridan tutilurlar (va jahannamga tashlanular).

55.42 . Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?!

55.43 . Jinoyatchi (osiy)lar yolg'on deydigan jahannam mana shudir.

55.44 . Ular o'sha (jahannam) bilan o'ta qaynoq suv o'rtasida aylanib tururlar.

55.45 . Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?!

55.46 . Parvardigori (huzurida) turishdan (so'ralishdan) qo'rqqan kishi uchun ikki jannat (bog'li) bordir.

55.47 . Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?!

55.48 . (U ikki jannat bog'li qalin) shox-novdalarga egadir.

55.49 . Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?!

55.50 . U ikkisida ikki oqin chashma bordir.

55.51 . Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?!

55.52 . U ikkisida barcha mevadan ikki navi bordir.

55.53 . Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?!

55.54 . (Ahli jannat) astarlari shoyidan bo'lgan ko'rpachalar uzra yastangan hollarida (o'tirurlar). U ikki jannat mevasi yaqindir.

55.55 . Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?!

55.56 . U (jannat)larda shunday ko'zlarini (begona erkaklardan) tiyuvchi (qiz)lar borki, ularga ilgari na ins va na jin tekkandir.

55.57 . Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?!

55.58 . Ular (ning badanlari) go'yoki yoqut va marjondirlar.

55.59 . Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?!

55.60 . Ehson (ezgulik)ning mukofoti faqat ehson (ezgulik)dir.

55.61 . Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?!

55.62 . U ikkisidan quyiroqda yana ikki bog'lar bordir.

55.63 . Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?!

55.64 . Ikkisi (sersuv va sersoyalikdan) to'q yashildirlar..

55.65 . Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?!

55.66 . U ikkisida (suvi) tinmay otilib turuvchi ikki chashma bordir.

55.67 . Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?!

55.68 . U ikkisida meva, xurmo va anorlar bordir.

55.69 . Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?!

55.70 . U (jannat)larda xushxulq va husndor (ayol)lar bordir.

55.71 . Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?!

55.72 . (Ular) chodirlarda asraluvchi hurlardir.

55.73 . Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?!

55.74 . Ularga ilgari na ins va na jin tekkandir.

55.75 . Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?!

55.76 .(Jannat ahli) yashil yostiqlar va go'zal gilamlar uzra yastangan hollarida (o'ltirurlar).

55.77 . Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?!

55.78 . Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?!