DUXON surasi

44.1 . Ho, Mim.

44.2 . Aniq Kitob (Qur'on)ga qasamki,

44.3 . albatta, Biz uni muborak kechada nozil qildik. Darhaqiqat, Biz ogohlantiruvchidirmiz.

44.4 . U (kecha)da barcha hikmatli ish(lar) ajrim qilinur.

44.5 . (U ishlar) Bizning huzurimizdan bo'lgan ishlardir. Darhaqiqat, Biz (payg'ambar) yuboruvchidirmiz.

44.6 . Bu Rabbingiz (tomoni)dan rahmatdir. Albatta, Uning O'zi eshituvchi va biluvchidir.

44.7 . Agar (chindan) ishonuvchi bo'lsangizlar, (Rabbingiz) osmonlar va Yerning hamda ularning o'rtasidagi bor narsalarning ham Parvardigoridir.

44.8 . Undan o'zga iloh yo'qdir. (U) o'ldiradi va tiriltiradi. Sizlarning Parvardigoringiz ham, avvalgi ota-bobolaringizning Parvardigori ham (Uning O'zidir).

44.9 . Yo'q, ular (hali ham) shak ichra (masxara qilib) o'ynarlar.

44.10 . Bas, (ey, Muhammad,) Siz osmon aniq tutunni keltiradigan Kunni kuting!

44.11 . U (tutun barcha) odamlarni o'rab olur. Bu alamli azobdir.

44.12 . "Ey, Rabbimiz, bizlardan (bu) azobni aritgin. Albatta, bizlar imon keltiruvchidirmiz" (- deydilar).

44.13 . Ularda qayoqdan ham eslatma bo'lsin, holbuki, ularga aniq payg'ambar kelgan edi.

44.14 . So'ngra undan yuz o'girdilar va: "(Unga Qur'on birovlar tomonidan) o'rgatib qo'yilgan, (u) majnun", - dedilar.

44.15 . Biz bu azobni (sizlardan) biroz arituvchidirmiz, sizlar ham (o'z kufru isyonlaringizga) qaytuvchidirsizlar.

44.16 . Daxshatli tutish bilan tutadigan kunimizda (Badr jangida yoki Qiyomatda) Biz intiqom oluvchidirmiz.

44.17 . Biz ulardan ilgari Fir'avn qavmini ham imtihon qilganmiz va ularga bir ulug' payg'ambar (Muso) kelgan edi.

44.18 . (U ularga degan edi): "Sizlar menga Allohning bandalarini (Isroil qavmini) topshiringlar! Albatta, men sizlar uchun ishonchli payg'ambardirman.

44.19 . Allohga kibr qilmanglar! Men sizlarga (payg'ambar ekanimga) aniq hujjat (mo''jiza) keltirurman.

44.20 . Men Rabbim va Rabbingizdan meni toshbo'ron qilishlaringizdan panoh so'radim.

44.21 . Agar menga imon keltirmasangizlar, u holda mendan chetlaningizlar!"

44.22 . Bas, u Parvardigoriga: "Ular jinoyatchi qavmdir", - deb duo qildi.

44.23 . Bas, (Musoga vahiy bo'ldiki:) "Bandalarim (Isroil avlodi) bilan birga tunda yo'lga chiqqin! Albatta, sizlarning izingizga tushilur.

44.24 . Dengizni sokin qo'yavergin. Ular g'arq qilinuvchi qo'shindir".

44.25-26 . Ular qanchadan-qancha bog'larni, chashmalarni, ekinzorlarni va so'lim joylarni qoldirib (g'arq bo'lib) ketdilar.

44.25-26 . Ular qanchadan-qancha bog'larni, chashmalarni, ekinzorlarni va so'lim joylarni qoldirib (g'arq bo'lib) ketdilar.

44.27 . Yana (qanchadan-qancha) o'zlari bahramand bo'lgan ne'matlarni (qoldirib ketdilar).

44.28 . Mana shunday. Biz u (ne'matlar)ni boshqa qavmga meros qilib berdik.

44.29 . Bas, ularga osmon ham, Yer ham (aza tutib) "yig'lagani" yo'q va ularga (tavba qilish uchun) muhlat ham berilmadi.

44.30 . Darhaqiqat, Biz Isroil avlodiga xor qiluvchi azobdan najot berdik,

44.31 . Fir'avndan. U, haqiqatan, mutakabbir va haddan oshuvchilardan edi.

44.32 . Darhaqiqat, Biz ularni (Isroil avlodini) bilgan holimizda olamlar (odamlar)dan tanlagan edik.

44.33 . Yana ularga mo''jizalardan zimnida aniq sinov borlarini ato etdik.

44.34 . Albatta, ana ular aytadilar:

44.35 . "O'lim faqat birinchi o'limimizdir va bizlar qayta tiriluvchi emasmiz.

44.36 . Bas, agar ("oxirat bor" degan so'zlaringizda) rostgo'y bo'lsangizlar, ota-bobolarimizni (qayta tiriltirib) keltiringlar-chi?"- derlar.

44.37 . Ular (kuch-quvvatda) yaxshiroqmi yoki Tubba' qavmi va ulardan avvalgi kimsalarmi?! Biz ularni halok qildik. Chunki, ular jinoyatchi (osiy) edilar.

44.38 . Biz osmonlar va Yerni hamda ularning orasidagi narsalarni o'ynab (behuda) yaratganimiz yo'q.

44.39 . Biz ularni faqat Haq (jiddiyat) bilan yaratganmiz. Lekin, ularning aksariyati bilmaydilar.

44.40 . Ajrim kuni (qiyomat kuni) barchalarining (hisob-kitob) vaqtidir.

44.41 . U Kunda do'st do'stga biror narsada asqotmas va ularga yordam ham berilmas.

44.42 . Illo, Alloh rahmat qilgan kishilargagina (yordam berilur). Albatta, Uning O'zi qudratli va rahmlidir.

44.43 . Albatta, (do'zaxda o'sadigan) Zaqqum daraxti

44.44 . gunohkorning taomidir.

44.45 . (U) qorinlarda yog'dek qaynar

44.46 . qaynoq suvning qaynashidek.

44.47 . (Do'zax farishtalari:) "Uni (gunohkorni) ushlab do'zaxning o'rtasiga sudrab olib boringlar

44.48 . so'ngra boshidan qaynoq suv azobidan quyinglar!", - derlar.

44.49 . (Unga masxara sifatida: "Mana bu azobni) totib ko'rgin! Darhaqiqat, sen "aziz va mukarram"dirsan.

44.50 . Darvoqe, bu (azob) sizlar shubha qilib yurgan narsangizdir!" (deyilur)

44.51 . Albatta, taqvoli zotlar (U Kunda) osoyishta joyda -

44.52 . bog'lar va chashmalar ustida bo'lurlar.

44.53 . Ular bir-birlariga ro'baro' bo'lgan hollarida, qalin va yupqa shoyidan liboslar kiyurlar.

44.54 . Mana shunday! Yana, Biz ularni tiniq va keng ko'zli hurlarga uylantirurmiz.

44.55 . Ular u joyda xotirjam bo'lgan hollarida har turli mevani chorlagaylar.

44.56 . Ular (jannatda) birinchi (dunyodagi) o'limdan boshqa o'limni totmaslar. (Alloh) ularni do'zax azobidan saqlagandir.

44.57 . (Bu) Parvardigoringiz (tomoni)dan bo'lmish fazldir. Mana shu ulkan yutuqdir.

44.58 . Bas, (ey, Muhammad,) darhaqiqat, eslatma olishlari uchun Biz (bu Qur'onni) Sizning tilingiz bilan oson (yengil) qilib berdik.

44.59 . Bas, endi Siz (kofirlar holi ne kechishiga) ko'z tuting! Ular ham, albatta, (sizning halokatingizga) ko'z tutuvchidirlar.