HIJR surasi

15.1 . Alif, Lom, Ro. Ushbu (oyat)lar Kitob va aniq Qur'onning oyatlaridir.

15.2 . Kofir bo'lganlar hali (qiyomat kuni) musulmon bo'lishni istab qolurlar.

15.3 . (Ey, Muhammad,) ularga qo'yib bering, yesinlar, foydalansinlar va orzular ularni mashg'ul qilaversin. Bas, yaqinda (qilmishlarining oqibatini) bilib olurlar.

15.4 . Biror shahar (aholisi)ni uning uchun ma'lum muddat o'tmaguncha halok qilmaganmiz.

15.5 . Biror ummat o'z ajalidan ilgari keta olmaydi va (undan) kechikmaydi ham.

15.6 . Ular (Makka kofirlari Muhammadga) aytadilar: "Ey, zikr (Qur'on) nozil qilingan kishi, darhaqiqat, sen majnunsan.

15.7 . Agar (da'voingda) rostgo'ylardan bo'lsang, bizga farishtalarni keltirgin-chi?!"

15.8 . Biz esa farishtalarni faqat haq (hikmat) bilangina tushirurmiz va bu holda ular (kofirlar)ni kutib turilmas (halok qilinurlar).

15.9 . Albatta, bu zikrni (ya'ni, Qur'onni) Biz O'zimiz nozil qildik va uni O'zimiz asraguvchimiz!

15.10 . Biz Sizdan oldin, avvalgi toifalarga ham (payg'ambarlar) yuborganmiz.

15.11 . Ular o'zlariga kelgan har bir payg'ambarni masxara qilmasdan qo'ymas edilar.

15.12 . Shuningdek, uni (masxara qilish kasalligini) barcha jinoyatchilarning dillariga solib qo'yurmiz.

15.13 . (Ular) unga (Qur'onga) imon keltirmaydilar. Holbuki, avvalgilarning yo'llari (tajribadan) o'tgan edi.

15.14 . Bordiyu ularga osmondan bir darvoza ochib qo'ysag-u, undan (osmonga) ko'tarila boshlasalar ham,

15.15 . "Shaksiz, bizlarning ko'zlarimiz bog'lanib qoldi, balki bizlar sehrlanib qolgan qavmdirmiz", - degan bo'lur edilar.

15.16 . (Biz) osmonda burjlar yaratdik va kuzatuvchilar uchun uni (yulduzlar bilan) bezab qo'ydik.

15.17 . Yana uni (osmonni) barcha quvg'in etilgan shaytonlardan muhofaza qildik.

15.18 . Illo (u jinlardan) birortasi (maloikalarning so'zini) yashirincha eshitib olsa, bas, uni ochiq (uchar) yulduz quvib yetar (halok etar).

15.19 . Yerni esa, uni yoydik va unga tog'larni o'rnatdik hamda unda (har yerning o'ziga) mos turli narsalarni (o'simlik va mevalarni) undirdik.

15.20 . Yana unda (yerda) sizlar uchun ham, sizlar rizqlantiruvchisi sanalmaydiganlar uchun ham tirikchilik (rizqu-nasibalar)ni yaratib qo'ydik.

15.21 . Har bir narsaning xazinalari Bizning dargohimizdadir. Biz u narsalarni ma'lum o'lchov bilan (sizlarga) tushirurmiz.

15.22 . Biz shamollarni (bulutlarga) "homilador" bo'lgan holida yubordik, osmondan suv (yomg'ir) yog'dirib, sizlarni u bilan sug'ordik. Sizlar uni g'amlab oluvchi emassiz.

15.23 . Albatta, Biz (barcha jonzotni) tiriltirurmiz va o'ldirurmiz. Biz - vorislardirmiz.

15.24 . Biz sizlardan ilgari o'tganlarni bildik. Biz yana keyin keluvchilarni ham bildik.

15.25 . Albatta, Rabbingizning O'zi (qiyomat kuni) ularni to'plar. Albatta, U hikmat va bilim sohibidir.

15.26 . Biz insonni (Odam Atoni) qora balchiqdan (olib, so'ng) quritilgan loydan yaratganmiz.

15.27 . Jinni (ya'ni, Iblisni) esa (Odamdan) ilgari qizigan olovdan yaratgan edik.

15.28 . (Ey, Muhammad,) eslang, Rabbingiz farishtalarga: "Men (asli) qora balchiqdan (olib), quritilgan loydan inson yaratuvchiman.

15.29 . Bas, uni tiklab, ichiga O'z (dargohimdagi) ruhimdan kiritganimda, sizlar unga sajda qilgan holingizda yiqilingiz!" - dedi.

15.30 . Barcha farishtalar jam bo'lib, unga (Odamga) sajda qildilar.

15.31 . Faqat Iblis sajda qiluvchilar bilan birga bo'lishdan bosh tortdi.

15.32 . (Shunda Alloh) dedi: "Ey, Iblis, senga ne bo'ldiki, sajda qiluvchilar bilan birga bo'lmading?"

15.33 . (U) aytdi: "Men qora balchiqdan olib, (odam surati berilgach,) quritilgan loydan Sen yaratgan basharga sajda qiluvchi emasman".

15.34 . (Alloh) dedi: "Bas, undan (jannatdan) chiq! Endi sen, (Mening dargohimdan) quvilgan - mal'unsan.

15.35 . To jazo kuni (qiyomat)gacha senga la'nat bo'lur".

15.36 . (U) dedi: "Ey, Rabbim, u holda menga (ular) qayta tiriladigan kungacha muhlat bergin".

15.37 . (Alloh) dedi: "Bas, sen muhlat berilganlardansan

15.38 . ma'lum vaqt (qiyomat) kunigacha".

15.39 . (Iblis) aytdi: "Ey, Rabbim, qasamki, endi meni yo'ldan ozdirganing sababli, albatta, ularga (Odam bolalariga) yerdagi (barcha gunoh ishlarni) chiroyli ko'rsatib qo'yurman va albatta, ularning hammalarini yo'ldan ozdirurman.

15.40 . Illo ularning orasidagi ixlosli bandalaringgina (bundan mustasnodirlar).

15.41 . (Alloh) dedi: "Mening zimmamdagi To'g'ri yo'l shudir.

15.42 . Mening bandalarim ustidan sen uchun hech qanday saltanat (hukmronlik) yo'qdir, illo senga ergashgan gumrohlarnigina (yo'ldan ozdira olursan)".

15.43 . Ularning barchalari uchun va'da qilingan joy jahannamdir.

15.44 . Uning yetti darvozasi bo'lib, har bir darvoza uchun ularning bir to'dasi taqsimlangan.

15.45 . Taqvodorlar esa, albatta, bog'lar va chashmalardadirlar.

15.46 . "U (yer)ga sog'-salomat, tinch-omon kiringlar" (deyilur).

15.47 . Biz (jannatdagi) so'rilarda birodarona, bir-birlariga ro'baro' o'tirganlarning dillaridagi gina(-kuduratlar)ni chiqarib tashlaymiz.

15.48 . U joyda ularga charchoq yetmas va ular u joydan chiqariluvchi ham emaslar!

15.49 . (Ey, Muhammad,) bandalarimga bildirib qo'yingki, albatta, Men O'zim kechirimli va rahmlidirman.

15.50 . Shuningdek, Mening azobim eng alamli azobdir.

15.51 . Yana ularga Ibrohimning mehmon(lar)i haqida xabar bering!

15.52 . O'shanda ular uning huzuriga kirib: "Salom", - dedilar. (Taomga qo'l cho'zishmagach,) u: "Biz sizlardan qo'rqmoqdamiz (Kimsizlar o'zi)?" - dedi.

15.53 . Ular dedilar: "Qo'rqmagin (biz farishtalarmiz). Biz senga bir bilimdon o'g'il (ya'ni, Ishoqni) xushxabarini yetkazurmiz".

15.54 . U dedi: "Menga keksalik yetgan paytida (farzand ko'rishim haqida) xushxabar keltirdingizmi? Endi menga (bu yoshimda) nimaning ham xushxabarini berursizlar?"

15.55 . Ular aytdilar: "Biz senga rostdan ham (farzand ko'rishing) xushxabarini keltirdik. Bas, sen umidsizlardan bo'lmagin!"

15.56 . U dedi: "Parvardigorining rahmatidan faqat gumroh kimsalargina noumid bo'lurlar".

15.57 . (So'ngra, ularga qarab) dedi: "Ey, elchilar! Arzingiz ne?"

15.58 . Ular dedilar: "Bizlar bir jinoyatchi qavmga (Lut qavmiga, ularni halok qilish uchun) yuborilganmiz.

15.59 . Lekin biz Lutning butun oilasini qutqaruvchidirmiz.

15.60 . Faqat uning xotiniga (najot yo'qdir)". (Chunki Biz - Alloh) uning (azob-uqubatda) qoluvchilardan bo'lishini taqdir qilib qo'yganmiz.

15.61 . Qachonki, Lut oilasiga elchilarimiz kelgach,

15.62 . U (Lut) dedi: "Sizlar notanish qavmsiz".

15.63 . (Ular) dedilar: "Yo'q! (aksincha, biz) senga ular (ya'ni, qavming) shak qilayotgan narsani (Allohning azobini) keltirdik.

15.64 . Biz senga (azobni) haqiqatan keltirdik. Biz, albatta, rostgo'ydirmiz.

15.65 . Endi sen tunning bir qismida oilang bilan yo'lga tush va o'zing ularning ortida yur. Sizlardan biror kishi atrofga alanglamasin va (sizlar) buyurilgan tarafga qarab ketaveringlar!"

15.66 . Biz unga (Lutga) tong paytida ana o'shalar (kofirlar)ning dumi qirqilishi (halok bo'lishi) haqidagi mana shu farmonni vahiy qildik.

15.67 . Shahar aholisi (mehmonlarni eshitib) xursand bo'lgan hollarida keldilar. (Chunki ular bachchabozlik illatiga mubtalo bo'lgan edilar.)

15.68 . (Shunda Lut) dedi: "Bu (yigit)lar mening mehmonlarimdir. Meni sharmanda qilmanglar.

15.69 . Allohdan qo'rqinglar! Meni rasvo qilmanglar!"

15.70 . Aytdilar: "Biz seni barcha olam (odamlarni himoya qilish)dan qaytarmaganmidik?!"

15.71 . (Lut) dedi: "Agar (shu ishni) qiluvchi bo'lsangizlar, ana qizlarim! (O'shalarni nikohlaringizga olaveringlar)".

15.72 . (Ey, Muhammad,) umringizga qasamki, ular o'z "mastliklarida" tentirab yurar edilar.

15.73 . Tong paytida (to'satdan) ularni dahshatli qichqiriq tutdi.

15.74 . Bas, Biz u shaharni ostin-ustun qilib yubordik va ularning ustiga sopoldan (yasalgan) tosh yog'dirdik.

15.76 . Darvoqe, u (shahar) doimiy yo'l ustidadir.

15.77 . Albatta, bunda mo'minlar uchun alomatlar bordir.

15.78 . Shubhasiz, o'rmon egalari (Shuayb qavmi) zolim (kofir) bo'lgan edilar.

15.79 . Bas, (Biz) ulardan intiqom oldik. Darvoqe, ularning (ya'ni, Lut va Shuayb qavmlarining shaharlari) ikkisi ham aniq yo'l ustidadir.

15.80 . Aniqki, Hijr (vodiy) egalari (Samud qavmi) ham payg'ambarlarni, (xususan, Solihni) yolg'onchiga chiqargan edilar.

15.81 . Biz ularga O'z oyatlarimizni keltirgan edik, lekin ulardan yuz o'giruvchi bo'ldilar.

15.82 . (Ular) tog'lardan yo'nib, uy yasab tinchgina yurar edilar.

15.83 . Bas, ularni tong pallasida dahshatli qichqiriq tutdi.

15.84 . Ularga qilib yurgan narsalari (tosh qal'alari) foyda bermadi.

15.85 . (Biz) osmonlar va Yerni hamda ularning o'rtasidagi narsalarni faqat haq (hikmat) bilan yaratdik. Qiyomat ham, shaksiz, keluvchidir. Bas, (shunday ekan, siz johillarning aziyatlariga sabr qiling va ularni) chiroyli yuz o'girish bilan tark eting!

15.86 . Albatta, Rabbingizning O'zigina yaratuvchi va biluvchidir.

15.87 . Darhaqiqat, Biz Sizga yetti takrorlanuvchi (yetti oyatli "Fotiha" surasi)ni va Ulug' Qur'onni ato etdik.

15.88 . Ko'zlaringizni Biz u (kofirlardan ayrim) toifalarni bahramand qilgan narsalarga (ya'ni, ularning boyliklariga) tikmang! Ularning (imonsizliklari) ustida g'amgin ham bo'lmang! Mo'minlar uchun qanotingizni quyi tuting (kamtar bo'ling)!

15.89 . (Ularga) ayting: "Albatta, men (sizlarga Allohning azobidan) oshkora ogohlantiruvchiman".

15.90 . Xuddi taqsimlab oluvchilarga nozil qilganimiz kabi,

15.91 . qaysilariki, Qur'onni bo'lak-bo'lak qilib olgan edilar.

15.92 . Rabbingizga qasamki, albatta, ularning barchasini so'roqlagayman

15.93 . qilgan ishlari to'g'risida.

15.94 . Bas, Siz o'zingizga buyurilgan ishni (ya'ni, Haq dinga da'vatni) oshkora qiling va mushriklardan yuz o'giring!

15.95 . Albatta, Biz sizni masxara qiluvchilarni (jazolash uchun) kifoya qilurmiz.

15.96 . (Ular) Allohga boshqa "iloh"ni (sherik) qilurlar. Bas, yaqinda (qilmishlarining oqibatini) bilib olurlar.

15.97 . Shaksiz, Biz ularning (Sizni masxara qilib) aytayotgan so'zlaridan dilingiz siqilishini bilurmiz.

15.98 . Bas, Siz Rabbingizga hamd bilan Unga tasbeh ayting va sajda qiluvchilardan bo'ling!

15.99 . (Shuningdek), to Sizga aniq narsa (- o'lim) kelgunicha Rabbingizga ibodat qilavering!

15.75 . Albatta, bu (hodisa)da farosatli kishilar uchun alomatlar bordir.

ri uchun bir bayonotdir.