MO`UN surasi

107.1 . Dinni (oxirat jazosini) inkor etadigan kimsani ko'rdingizmi?!

107.2 . Bas, u yetimni jerkiydigan

107.3 . va miskin (bechora)ga taom berishga targ'ib qilmaydigan kimsadir.

107.4 . Bas, shunday namozxonlar holiga voyki,

107.5 . ular namozlarini "unutib" qo'yadilar,

107.6 . riyokorlik qiladilar

107.7 . va ro'zg'or buyumlarini (kishilardan) man etadilar.