FIL surasi

105.1 . (Ey, Muhammad,) Rabbingiz fil egalarini ne qilganini ko'rmadingizmi?

105.2 . (U) ularning makrlarini chalg'itib qo'ymadimi?!

105.3 . Ularning ustiga to'da-to'da qushlarni yubordi.

105.4 . (Ular) sopol toshlar bilan ularni otar edi.

105.5 . (Shunday qilib) ularni yeb (chaynab) tashlangan somondek qilib tashladi.