TAKOSUR surasi

102.1 . (Ey, insonlar,) sizlarni (mol-dunyo) ko'paytirish (Allohga ibodat qilishdan) mashg’ul qildi.

102.2 . Hatto maqbaralaringiz (ko'pligi bilan faxrlanish)gacha bordingiz.

102.3 . Yo'q! Yaqinda (buni oqibatini) bilursizlar.

102.4 . Yana bir bor yo'qki, yaqinda bilursizlar!

102.5 . Yo'q! Agar (dunyoparastlik oqibatini) aniq ilm bilan bilganingizda edi (uni do'st tutmas edingiz).

102.6 . Qasamki, albatta, sizlar do'zaxni ko'rasizlar!

102.7 . Yana bir bor qasamki, sizlar uni ayni ishonch bilan ko'rasizlar!

102.8 . So'ngra ana o'sha Kunda, albatta, (sizlarga ato etilgan barcha) ne'matlar to'g’risida so'roq qilinursizlar!