') //-->
95.1 . Qasamyod eturman anjirga va zaytunga,
95.2 . Turi Sinin (tog’i)ga,
95.3 . mana shu tinch-osoyishta shahar (Makka)gaki,
95.4 . haqiqatan, Biz insonni xushbichim (shaklda) yaratdik.
95.5 . So'ngra (qarigan sari), uni asfalasofilinga (qomati xam bo'lishga) qaytardik.
95.6 . illo, imon keltirgan va yaxshi amallarni qilganlarga bitmas-tuganmas ajr (mukofot) bordir.
95.7 . Bas, (ey, inson)! Shundan keyin jazo (Kuni)ni inkor etishga seni nima majbur etmoqda?!
95.8 . Axir, Alloh (o'sha Kunda) hukm qiluvchilarning (adolatli) hukm chiqaruvchirog’i emasmi?!