') //-->
92.1 . Qasamyod etaman o'rab kelayotgan kechaga,
92.2 . yorishib kelayotgan kunduzga,
92.3 . erkak va ayolni yaratgan zotgaki,
92.4 . albatta, sizlarning sa'y - harakatlaringiz turlichadir!
92.5 . Bas, kimki (zakot va sadaqotlarni) bersa va (Allohdan) qo'rqsa,
92.6 . hamda go'zal (narsa)ni tasdiq etsa,
92.7 . bas, unga oson (yo'l)ni muyassar qilurmiz.
92.8 . Ammo, kimki baxillik qilsa va (o'zini) behojat (boy) sanasa,
92.9 . hamda go'zal (narsa)ni yolg’onga chiqarsa,
92.10 . bas, unga og’ir (yo'l)ni "muyassar" qilurmiz.
92.11 . (U) halok bo'lgan vaqtida boyligi unga foyda bermas.
92.12 . Albatta, hidoyat (To'g’ri yo'lga yo'llash) faqat Bizning zimmamizdadir.
92.13 . Haqiqatan, oxirat ham, dunyo ham yolg’iz Biznikidir.
92.14 . Sizlarni lovullab yonuvchi do'zax haqida ogohlantirdim.
92.15 . Unda faqat baxtsiz (odam) toblanur.
92.16 . Qaysiki, (dinni) inkor etib, (itoatdan) bosh tortgan bo'lsa.
92.17 . Taqvoli kishi esa undan (do'zaxdan) uzoqlashtirilur.
92.18 . Qaysiki, u mol-davlatini (yaxshilik yo'lida) sarf qilur.
92.19 . Uning huzurida (zimmasida) biror kimsaga qaytariladigan ne'mat yo'qdir.
92.20 . U faqat eng oliy zot bo'lmish Parvardigorining "yuzi"ni istab (ehson qilur).
92.21 . (U) yaqinda (ato etilajak mukofotdan) rozi bo'lur.