') //-->
91.1 . Qasamyod etaman Quyosh va uning ziyosiga,
91.2 . u (quyosh)ning ortidan kelgan oyga,
91.3 . u (quyosh)ni oshkor qilgan kunduzga,
91.4 . u (quyosh)ni o'ragan tunga,
91.5 . osmonga va uni bino qilgan,
91.6 . Yerga va uni yoyib qo'ygan,
91.7 . jonga va uni tiklagan,
91.8 . unga fisq-fujurini ham, taqvosini ham ilhom qilib qo'ygan zotga (qasam)ki,
91.9 . haqiqatan, uni (nafsni) poklagan kishi najot topur
91.10 . va u (nafs)ni (gunoh bilan) ko'mib, xorlagan kimsa esa noumid bo'lur!
91.11 . Samud (qabilasi) haddan oshgani sababli (o'z payg’ambarlarini) yolg’onchiga chiqardilar.
91.12 . Qaysiki, ularning eng badbaxti (tuyani so'yish uchun) qo'zg’alganida,
91.13 . Allohning payg’ambari (Solih) ularga: "Allohning tuyasi(ni so'yish)dan va uni sug’orish(ga to'siq bo'lish)dan saqlaninglar!" - dedi.
91.14 . Bas, ular (payg’ambarni) yolg’onchi qilishib, u (tuya)ni so'yib yubordilar. Bas, Parvardigorlari ularning gunohlari sababli ustilariga qirg’in yuborib, uni (barchalariga) barobar qildi.
91.15 . (Zotan, Alloh o'z ishining) oqibatidan qo'rqma