') //-->
88.1 . (Ey, Muhammad,) Sizga qamrab oluvchi (Qiyomat) qissasi (yetib) keldimi?
88.2 . U Kunda (ba'zi) yuzlar so'lg'in,
88.3 . mehnat-mashaqqat chekuvchidir.
88.4 . (Ular) qizigan do'zaxda toblanurlar,
88.5 . qaynoq buloqdan sug’orilurlar.
88.6 . Ular uchun taom bo'lmas, bo'lganda ham faqat zaharli giyohdan bo'lib,
88.7 . (u) semirtirmaydi ham, ochlikdan ham xalos etmaydi
88.8 . (Boshqa bir) yuzlar esa u Kunda (ne'matlardan) mamnun,
88.9 . (dunyoda qilgan) sa'y-harakatlaridan rozidir.
88.10 . (Ular) oliy jannatdadirlar.
88.11 . U joyda behuda so'z eshitmaslar.
88.12 . U joyda oqar buloq bordir.
88.13 . U joyda baland so'rilar,
88.14 . qo'yilgan qadahlar,
88.15 . tizib qo'yilgan yostiqlar
88.16 . va to'shalgan gilamlar bordir.
88.17 . Axir, ular tuyaga qarab, qanday yaratilganiga,
88.18 . osmonning qanday ko'tarib qo'yilganiga,
88.19 . tog’larning qanday tiklanganiga
88.20 . va Yerning qanday yoyib - tekislab qo'yilganiga boqmaydilarmi?!
88.21 . Bas, (ey, Muhammad,) eslating! Zotan, Siz faqat eslatuvchidirsiz.
88.22 . Ularning ustidan zo'ravonlik bilan hukm yurgizuvchi emassiz.
88.23 . Illo, kimki (bu eslatmadan) yuz o'girib, kofir bo'lsa,
88.24 . u holda, Alloh uni eng katta azob bilan azoblar.
88.25 . Zero, qaytishlari yolg’iz O'zimizgadir!