') //-->
85.1 . Qasamyod etaman (o'n ikkita) burjlarga ega osmonga,
85.2 . va'da qilinmish (Qiyomat)ga,
85.3 . (o'sha Kunda) guvoh va guvohlik beriluvchiga
85.4 . Choh egalariga la'nat!
85.5 . Qaysiki, u yoqilg’ili olov edi.
85.6 . O'shanda ular o'sha (choh)ning ustida o'tirgan
85.7 . va mo'minlarga qilayotgan ishlariga o'zlari guvoh edilar.
85.8 . Ular (mo'minlar)dan faqat qudratli va hamd egasi bo'lmish Allohga imon keltirganlari uchungina o'ch oldilar.
85.9 . Osmonlar va Yerning hukmronligi Unikidir va Alloh barcha narsaga guvohdir.
85.10 . Albatta, mo'min va mo'minalarni fitnaga solib, so'ngra tavba qilmagan kimsalarga jahannam azobi va ular uchun o't azobi bordir.
85.11 . Albatta, imon keltirgan va solih amallarni qilgan zotlarga ostidan anhorlar oqib turadigan bog’lar bordir. Bu esa katta yutuqdir.
85.12 . (Ey, Muhammad,) shubhasiz, Rabbingizning (azobga) tutishi qattiqdir.
85.13 . Albatta, Uning O'zi boshlar (yaratar) va qaytarur (qayta tiriltirur).
85.14 . U (mo'minlarga nisbatan) kechirimli va do'st,
85.15 . Arsh sohibi, Ulug'
85.16 . va istagan narsasini amalga oshiruvchidir.
85.17 . (Ey, Muhammad,) Sizga qo'shinlarning xabari keldimi?
85.18 . Fir'avn va Samud (qo'shinlari)ning.
85.19 . Yo'q! Kofir bo'lgan kimsalar (doimiy) inkor qilishdadirlar.
85.20 . Holbuki, Alloh ularning ortida (barcha narsani bilib) ihota qilib turuvchidir.
85.21 . Yo'q! Balki, u ulug’ Qur'ondirki,
85.22 . (uning asl manbai) Lavhul-Mahfuzdadir.