') //-->
84.1 . Osmon yorilganda,
84.2 . (bu bilan u) Parvardigori (amri)ga quloq tutganda va (shu amrga) loyiq topilganda,
84.3 . (shuningdek) Yer yoyilganda,
84.4 . o'z ichidagi (jasadlarni) chiqarib tashlab, bo'shab qolganda
84.5 . va u Parvardigori (amri)ga quloq tutganda va (shu amrga) loyiq topilganda (har bir inson Allohga hisobot berur).
84.6 . Ey, inson, albatta, sen mehnat-mashaqqatlar chekib Rabbingga (ya'ni, Uning mukofot yoki jazosiga) boruvchisan, bas, (so'ngra) U zotga yo'liquvchisan.
84.7 . Bas, kimning nomai a'moli o'ng tomonidan berilsa,
84.8 . bas, u oson hisob bilan hisob-kitob qilinajak,
84.9 . va o'z(ining jannnatdagi) ahli (oilasi)ga shodu xurram holda qaytajak.
84.10 . Ammo, kimning nomai a'moli orqa tomonidan berilsa,
84.11 . bas, (o'ziga) o'lim tilab qolajak
84.12 . va do'zaxda toblanajak.
84.13 . Darvoqe, u (dunyodalik paytida) ahli oilasid shodu xurram edi,
84.14 . o'zini hech qachon (Parvardigor huzuriga) qaytmasman deb o'ylar edi.
84.15 . Yo'q! Parvardigori uni, shubhasiz, ko'rib turuvchi edi.
84.16 . Bas, qasamyod etaman (quyosh botayotgan paytdagi) shafaqqa,
84.17 . tun va u qamrab olgan (barcha) narsaga
84.18 . hamda to'lin oygaki,
84.19 . albatta sizlar bosqichma-bosqich (yashab) kelursizlar!
84.20 . Bas, nega ular imon keltirmaydilar?!
84.21 . Ularga Qur'on qiroat qilinganda, (Yaratganga) sajda qilmaydilar?!
84.22 . Aksincha, kufrga ketganlar (bu kabilarni) inkor eturlar.
84.23 . Alloh esa ular ichlarida yashirib yurgan narsalarini yaxshi biluvchidir.
84.24 . Bas, (ey, Muhammad,) ularga alamli azob "xushxabari"ni bering!
84.25 . Ammo, imon keltirgan va solih amallarni qilgan zotlar uchun bitmas-tuganmas mukofot bordir.