') //-->
81.1 . Quyosh o'rab qo'yilganida,
81.2 . yulduzlar ham (o'z falaklaridan) to'kilganida,
81.3 . tog’lar ham (o'z joylaridan) jildirilganida,
81.4 . (qornidagi bolasi) o'n oylik bo'g’oz tuyalar ham bo'sh qo'yib yuborilganida,
81.5 . vahshiy hayvonlar ham (bir joyga) to'planib qolganida,
81.6 . dengizlar kuydirilganida,
81.7 . ruhlar (qaytadan jasadlarga) juftlanganida,
81.8 . tiriklay ko'milgan (har bir) qizdan so'ralganida,
81.9 . ne gunohi uchun o'ldirilgan, deb.
81.10 . Yana sahifalar (nomai a'mol) ochilganida,
81.11 . osmon (Yer ustidan) sidirib olinganida,
81.12 . do'zax (kofirlar uchun) qizdirilganida,
81.13 . jannat (taqvodorlarga) yaqin qilinganida,
81.14 . (ana o'sha Kunda har bir) jon o'zi (shu Kun uchun) hozirlab kelgan narsani(yaxshi-yomon amallarini) bilur!
81.15 . Bas, qayta-qayta chiqib (ko'rinib) turuvchi (yulduzlar)ga,
81.16 . (beshta) yashirinuvchi sayyoralarga,
81.17 . o'z zulmati bilan kelib-ketayotgan kechaga va
81.18 . (otayotgan) tongga qasamki,
81.19 . albatta, u (Qur'on) bir ulug’ elchi (Jabroil)ning so'zidir.
81.20 . (U) quvvatli, Arshning sohibi (Alloh) nazdida martabali,
81.21 . u joyda (farishtalar tomonidan) itoat etiluvchi va ishonchli zot (ya'ni, Jabroil)dir.
81.22 . Sizlarning sohibingiz (Muhammad) majnun emasdir.
81.23 . Darhaqiqat, u (Jabroil)ni ochiq ufqda ko'rdi.
81.24 . U (Muhammad) g’aybga (vahiyga) baxil ham emasdir.
81.25 . U (Qur'on) quvilgan (mal'un) shaytonning so'zi emasdir.
81.26 . Bas, sizlar (uni inkor etib) qayoqqa ketmoqdasizlar?!
81.27 . U (Qur'on), haqiqatan, (butun) olamlar uchun eslatmadir.
81.28 . Orangizdagi to'g’ri bo'lishni xohlagan kishilar uchun (albatta).
81.29 . Sizlar faqat (butun) olamlar Parvardigori bo'lmish Alloh xohlasagina (to'g’ri bo'lishni) xohlarsizlar.