') //-->
38.1 . Sod. Zikr manbai bo'lmish Qur'onga qasam!
38.2 . Ha, kofir bo'lgan kimsalar (haqiqatni qabul qilishdan) g'ururda va muxoliflikda (doimiy)dirlar.
38.3 . Biz ulardan ilgari qancha avlodni (kufrlari sababli) halok qilganimizda ular yordam so'rab nido (iltijo) qilganlar, (ammo u vaqt azobdan) qochib qutulish vaqti emas edi.
38.4 . (Makka mushriklari) ularga o'zlaridan (bashar avlodidan) ogohlantiruvchi (payg'ambar) kelganidan ajablandilar va kofirlar dedilar: "Bu (bir) yolg'onchi sehrgardir.
38.5 . (Shuncha) ilohlarni bitta iloh qilib olibdimi?! Haqiqatan, bu juda qiziq narsa!"
38.6 . Ulardan kattalari (bir-birlariga) dedilar: "Yuringlar, o'z ilohlaringizga (sig'inishda) abrli bo'linglar! Albatta, bu iroda etilgan narsadir.
38.7 . Bizlar bu haqda (tavhid haqida) so'nggi dinda eshitmaganmiz. Bu faqat bir uydirmadir.
38.8 . Bizlarning oramizda (zodagonlar turib) o'sha (Muhammad)ga zikr (Qur'on) nozil qilinibdimi?!" Ha, ular Mening eslatmam (Qur'on)dan shak-shubhadadirlar. O'a, ular hali Mening azobimni totib ko'rganlari yo'q.
38.9. Yoki ularning oldilarida qudratli va saxovatli Rabbingizning rahmat xazinalari bor ekanmi?!
38.10 . Yoki osmonlar va Yerning hamda ularning o'rtasidagi (bor) narsalarning hukmronligi ularniki ekanmi?! U holda (ko'k sari) narvonlarga chiqaversinlar!
38.11 .(Ey, Muhammad, Makka mushriklari) o'sha yerning o'zida yengilib bituvchi firqalardan bir qo'shindir, xolos.
38.12 . Ulardan ilgari ham Nuh qavmi, Od (qabilasi) va qoziqlar (ahromlar va qasrlar) egasi bo'lgan Fir'avn (ham payg'ambarlarni) yolg'onchiga chiqargandilar.
38.13 . Shuningdek, Samud (qabilasi), Lut qavmi va daraxtzor egalari ham. Ana o'shalar (ham) firqalardir.
38.14 . Barchalariga faqat payg'ambarlarni inkor etganlari sababli Mening jazoyim muqarrar bo'ldi.
38.15 . Ana o'shalar hech to'xtamasdan keladigan birgina qichqiriqni kutmoqdalar, xolos.
38.16 . Ular (Makka mushriklari masxara qilishib): "Parvardigoro, bizlarga (va'da qilingan azobdan) nasibamizni O'isob kunidan ilgari tezroq keltira qolgin", - dedilar.
38.17 .(Ey, Muhammad,) Siz ular aytayotgan so'zlarga sabr qiling va Bizning bandamiz - (toat-ibodatda) baquvvat bo'lgan Dovudni eslang! Darhaqiqat, u (Alloh yo'liga) butunlay qaytuvchidir!
38.18 . Biz tog'larni kechki payt va ertalab (mudom) u bilan birga tasbeh aytadigan qilib, bo'yin sundirib qo'ydik.
38.19 .Shuningdek, (har tarafdan) to'planuvchi qushlarni ham. (Tog'lar va qushlarning) barchalari Dovudga butunlay qaytuvchidir.
38.20 . Uning hukmronligini ham mustahkam qildik va unga hikmat hamda qat'iy xitob (haqqoniy hukm chiqarishni) ato etdik.
38.21 . (Ey, Muhammad,) Sizga da'vogar (ikki jamoat) xabari keldimi? O'shanda ular (Dovud ibodat qilayotgan) mehrobga chiqishdi.
38.22 . Dovud huzuriga kirishganda, u ulardan qo'rqib ketdi. Ular dedilar: "Qo'rqmagin, (Bizlar) birimiz birimizga zulm qilgan ikki da'vogardirmiz. Bas, sen bizlarning o'rtamizda haqqoniy hukm qilgin va (bizlardan birortamizga) jabr qilmagin hamda bizlarni To'g'ri yo'lga boshlagin".
38.23 . (Ularning biri dedi): "Darvoqe, mana bu mening birodarim, uning to'qson to'qqiz sovliq qo'yi bor, mening esa birgina sovlig'im bordir. Bas, u: "O'shani ham menga topshirgin", -dedi va meni bahsda yengib qo'ydi".
38.24 . (Dovud ikkinchi da'vogarni tinglamasdanoq) dedi: "Darhaqiqat, u sening sovlig'ingni o'z sovliqlariga (qo'shib olishni) so'rab senga zulm qilibdi. Darvoqe, ko'p oshna-og'aynilar bir-birlariga zulm qilurlar. Faqat imon keltirgan va yaxshi amallarni qilgan kishilargina (zulm qilmaslar), Ular esa juda ozdirlar". Dovud uni imtihon qilganimizni bildida, Parvardigoridan (shoshib hukm chiqargani uchun) mag'firat qilishni so'radi va (sajdaga) egilgan holida yiqilib, tavba qildi.
38.25 . Bas, Biz uni o'sha (xatosi)ni kechirdik. Albatta, uning uchun Bizning huzurimizda qurbat (yaqinlik) va go'zal oqibat (jannat) bordir.
38.26 .Ey, Dovud! Darhaqiqat Biz seni yerda xalifa qildik. Bas, sen (nafsu) havoga ergashib ketmagin! Aks holda, u seni Allohning yo'lidan ozdirur. Albatta, Alloh yo'lidan ozadigan kimsalar uchun hisob kunini unutib qo'yganlari sababli qattiq azob bordir.
38.27 . Biz osmon va Yerni hamda ularning o'rtasidagi bor narsalarni behuda yaratgan emasmiz. Bu (behuda yaratilgan degan gap) kofir bo'lgan kimsalarning gumonidir. Bas, kofir bo'lgan kimsalar uchun do'zaxdan iborat halokat bo'lgay!
38.28 . Biz imon keltirgan va yaxshi amallarni qilgan zotlarni yerda buzg'unchilik qilib yuruvchi kimsalardek qilamizmi?! Yoki taqvodor zotlarni fisqu fujur qilib yurgan kimsalar kabi qilar ekanmizmi?!
38.29 . (Ey, Muhammad, ushbu Qur'on) oyatlarini tafakkur qilishlari va aql egalari eslatma olishlari uchun Biz Sizga nozil qilgan muborak Kitobdir.
38.30 . Dovudga Sulaymonni ato etdik. (Sulaymon) naqadar yaxshi bandadir! Darhaqiqat, u (Alloh yo'liga) butunlay qaytuvchidir.
38.31 . Eslang, unga (bir kuni) kechki payt gijinglab turuvchi uchqur otlar ro'baro' qilingan edi.
38.32 . Bas, u dedi: "Darhaqiqat, men Parvardigorim zikridan (ya'ni, namozimdan qolib) bu yaxshi (ot)larni suyub-erkalashga berilib ketibman! Hatto (quyosh) parda bilan berkinibdi (botibdi).
38.33 . U (ot)larni menga qaytaringlar-chi!" Bas, u (qilich bilan otlarning) oyoq va bo'yinlarini "silash"ga kirishdi (so'yib qurbonlik qildi).
38.34 . Sulaymonni imtihon qildik va uning taxti ustiga bir (jonsiz) jasadni tashladik. So'ngra u tavba qilib,
38.35 . dedi: "Ey, Rabbim, O'zing meni mag'firat qilgin va menga o'zimdan keyin biror kishiga muyassar bo'lmaydigan bir mulk (hukmronlik) ato etgin. Sening O'zinggina (barcha yaxshiliklarni) ato etuvchisan".
38.36 . Bas, unga u istagan tomonga uning amri bilan mayin esaveradigan shamolni bo'yin sundirdik.
38.37 .Shuningdek, barcha (qasrlarni) bino qiluvchi va (dengizlar qa'riga shung'uvchi) g'avvos shaytonlarni (jinlarni) ham.
38.38 . Boshqa (bo'yin sunmaydigan jin)larni esa kishanlar bilan bandi qildik.
38.39 . (Sulaymonga dedik): "Mana shu Bizning (senga) ato etganimizdir. Bas, sen (ularni) ehson qil yoki (o'zingda) saqla, (sendan bu to'g'rida) hisobot olinmas".
38.40 . Albatta, (Sulaymon) uchun Bizning huzurimizda yaqinlik va go'zal oqibat (jannat) bordir.
38.41 . (Ey, Muhammad,) bandamiz Ayyub Parvardigoriga nido qilib: "Meni shayton mashaqqat va azobga tutdi", - degan paytini eslang!
38.42 .(Shunda unga aytildi): "Oyog'ing bilan (yerni) tepgin! (chashma otilib chiqur). Mana shu sovuqqina cho'miladigan va ichimlik suvidir".
38.43 . Biz O'z tomonimizdan marhamat ko'rsatib hamda aql egalariga eslatma bo'lishi uchun, (Ayyubga) ahli (oilasi)ni va ular bilan qo'shib, yana o'shalarning mislicha (farzand) ato etdik.
38.44 .(Yana Biz Ayyubga aytdik): "Qo'lingga bir bog' (novdani) olib, u bilan (xotiningni) urgin - qasamingni buzmagin". Darhaqiqat, Biz (Ayyubni) sabr qiluvchi deb topdik. U naqadar yaxshi bandadir! Haqiqatan, u (Alloh yo'liga) butunlay qaytuvchidir!
38.45 . (Ey, Muhammad,) quvvat va farosat egalari bo'lgan bandalarimiz - Ibrohim, Ishoq va Ya'qublarni eslang!
38.46 . Biz ularni (bir) xislat - (oxirat) diyori eslatmasi bilan xos qildik.
38.47 . Yana ular Bizning huzurimizda tanlangan, yaxshi kishilardandir.
38.48 . Yana Ismoil, al-Yasa' va Zul-Kiflni eslang! Barchalari yaxshi kishilardandir.
38.49 . Bu bir eslatmadir. Shubhasiz, taqvodor zotlar uchun go'zal oqibat -
38.50 . ular uchun barcha darvozalari ochib qo'yilgan mangu jannatlar bordir.
38.51 . Ular u joylarda (so'rilarda) suyanib o'tirib, mo'l-ko'l meva-cheva va sharob chaqirurlar.
38.52 . Ularning oldilarida ko'zlari (boqishda) cheklangan (yosh va husnda) tengqur (qiz)lar bo'lur.
38.53 . Bu (narsalar) sizlarga O'isob kuni uchun va'da qilinayotgan narsalardir.
38.54 .Albatta, bu Bizning (jannat ahliga beradigan) rizqimizdirki, unda tugashlik bo'lmas.
38.55 . (Haqiqat) shudir. Darvoqe, haddan oshuvchi kimsalar uchun eng yomon oqibat -
38.56 . ular tushadigan jahannam bordir. Bas, naqadar yomon joy u!
38.57 . Mana bu qaynoq suv va yiringdir! Bas, ular uni totib ko'rsinlar!
38.58 . Boshqa (azob-uqubatlar) ham, o'sha shaklda bo'lur!
38.59 . (Ularga ergashgan kimsalarni ko'rsatilib): "Mana bu (odamlar) sizlar bilan birga (sizlar sababli jahannamga) tashlanuvchi jamoatdir", (deyilganida, peshvolar ayturlar):"Xush kelmadilar! Haqiqatan, ularning o'zlari do'zaxda toblanuvchilardir".
38.60 . Ular (ergashganlar) deydilar: "Yo'q, sizlar xush kelmadingiz! (Chunki), sizlar u (azob)ni bizlarga keltirdingiz! Bas, naqadar yomon qarorgoh (bu do'zax)!"
38.61 . Ular (yana) derlar: "Parvardigoro, kim bizlarga mana shu (azob)ni keltirgan bo'lsa, bas, O'zing unga do'zaxda azobni bir necha barobar ziyoda qilgin".
38.62 . (Jahannam ahli bir-birlariga) ayturlar: "Nega bizlar (dunyoda) yomonlardan deb hisoblab yurgan kishilarni (mo'minlarni do'zaxda) ko'rmayapmiz-a?!
38.63 . Bizlar o'shalarni masxara qilib olgan edikmi?! Yoki (ular shu yerda-yu,) ko'zlarimiz ulardan chalg'idimikan?!"
38.64 . Albatta, do'zax ahlining ana shunday tortishishlari muqarrar haqdir.
38.65 . (Ey, Muhammad,) ayting: "Men faqat (bir) ogohlantiruvchidirman. Yagona va g'olib Allohdan o'zga iloh yo'q.
38.66 . U osmonlar va Yerning hamda ularning o'rtasidagi bor narsaning qudratli va mag'firatli Parvardigoridir".
38.67 . Ayting: "Bu (so'zlar) buyuk bir xabardir.
38.68 . Sizlar esa undan yuz o'giruvchidirsizlar!
38.69 . Menda bahslashayotgan oliy guruh (farishtalar) haqida hech qanday bilim yo'q edi.
38.70 . Menga faqat o'zimning aniq ogohlantiruvchi ekanligim vahiy qilinadi, xolos".
38.71 . Eslang, Rabbingiz farishtalarga degan edi: "Albatta, men loydan bashar yaratuvchidirman.
38.72 . Bas, qachonki, uni rostlab, unga ruhimdan puflaganimdan so'ng, unga sajda qilgan hollaringizda yiqilinglar!"
38.73 . Bas, farishtlarning barchalari jam bo'lib, (Odam uchun) sajda qildilar.
38.74 . Faqat Iblisgina kibrlanib, kofirlardan bo'ldi.
38.75 . (Shunda Alloh) dedi: "Ey, Iblis, "qo'lim" bilan yaratgan narsaga sajda qilishdan seni nima man etdi?! Kibr qildingmi yoki sen (Odamga nisbatan) oliy (zot)lardan edingmi?!"
38.76 . U aytdi: "Men undan yaxshiroqdirman. Meni olovdan yaratgansan, uni esa loydan yaratding".
38.77 . (Alloh) dedi: "Bas, undan (jannatdan) chiq! Zero, sen (dargohimdan) quvilgan (mal'un)san!
38.78 . Yana, to jazo kuni (qiyomat)gacha senga Mening la'natim bo'lur".
38.79 . (Iblis iltijo qilib) dedi: "Parvardigorim, u holda menga ular tiriladigan kungacha (o'lmaslikka) muhlat bergin".
38.80 . (Alloh) dedi: "Sen muhlat berilganlardandirsan
38.81 . ma'lum vaqt kunigacha (qiyomatgacha)".
38.82 . (Iblis) aytdi: "Endi, Sening qudratingga qasamki, albatta, ularning hammasini yo'ldan ozdirurman.
38.83 . Faqat ularning orasidagi (ayrim) ixlosli bandalaringgina (ozmay qolurlar)".
38.84 . (Alloh) dedi: "Haqqa (qasam). Faqat haqni ayturmanki,
38.85 . albatta, Men jahannamni sen va ular orasidagi barcha senga ergashgan kimsalar bilan to'ldirurman!"
38.86 . (Ey, Muhammad, ularga) ayting: "Men (Payg'ambarligim uchun) sizlardan haq so'ramayman va men (payg'ambarlikni o'zimcha) da'vo qiluvchilardan ham emasman.
38.87 .(Ushbu Qur'on) faqat olamlar uchun eslatmadir.
38.88 . Qasamki, sizlar uning (ilohiy vahiy ekanligi haqidagi) xabarini (ozgina) vaqtdan so'ng (Qiyomat kuni), albatta, bilursizlar".