') //-->
33.1 . Ey, Payg'ambar, Allohdan qo'rqing! Kofirlar va munofiqlarga itoat etmang! Albatta, Alloh bilimli va hikmatli zotdir.
33.2 . Rabbingiz (tomoni)dan Sizga vahiy qilinadigan oyatlarga ergashing! Albatta, Alloh sizlar qilayotgan amallardan ogohdir.
33.3 . Allohga tavakkul qiling! Allohni O'zi yetarli vakil (homiy)dir.
33.4 . Alloh bir kishining ichida ikki qalb qilgan emasdir. (Shuningdek), sizlar "zihor" qiladigan xotinlaringizni ham sizlarga ona qilgan emas va asrandi bolalaringizni o'z bolalaringiz qilgan emasdir. Bu sizlarning og'izlaringizdagi so'zingizdir. Alloh esa haqiqatni aytur va Uning O'zi yo'lga boshlar.
33.5 . Ularni (asrandi farzandlarni) o'z otalari (ismi) bilan chaqiringlar. Shu Alloh nazdida adolatliroqdir. Bas, agar ularning otalarini bilmasangizlar, u holda (ular) sizlarning diniy birodarlaringiz va do'stlaringizdir. Qilgan xatolaringiz sababli sizlarga gunoh yo'qdir, lekin ko'ngillaringiz (bilan) qasd qilingan narsadagina (gunohkor bo'lursizlar). Alloh kechirimli va mehribon zotdir.
33.6 . Payg'ambar mo'minlarga o'zlaridan ham haqliroqdir, uning ayollari esa ularning onalaridir. Allohning Kitobida qarindoshlar (merosxo'rlikda) bir-birlariga (qarindosh bo'lmagan) mo'minlardan va muhojirlardan ko'ra haqliroqdirlar. Magar sizlar (diniy) do'stlaringizga (meros berishlik bilan) yaxshilik qilmog'ingiz (mumkin). Bu, Kitobda (Lavhul-Mahfuzda) bitiklidir.
33.7 . Eslang, Biz (barcha) payg'ambarlardan va Sizdan, Nuhdan, Ibrohim, Muso va Iso ibn Maryamdan qat'iy ahd olgandik.
33.8 . Bu rostgo'ylardan (qiyomatda) sodiqliklari haqida so'rash uchun edi. (Alloh) kofirlar uchun alamli azob tayorlab qo'ygandir.
33.9 . Ey, imon keltirganlar, sizlarga (qarshi) qo'shinlar kelgan paytida Biz ularning ustiga shamol va sizlar ko'rmagan qo'shinlar (farishtalar)ni yuborganimizni - Allohning sizlarga bergan ne'matini eslanglar! Alloh qilayotgan amallaringizni ko'rib turuvchi zotdir.
33.10 . O'shanda ular sizlarning ustingizdan ham, sizlardan quyi (tomon)dan ham (bostirib) kelgan edilar. O'shanda ko'zlar tinib, yuraklar bo'g'izga tiqilib qolgan va sizlar Alloh haqida (turli) gumonlar qila boshlagan edingizlar.
33.11 . Ana o'sha joyda mo'minlar imtihon qilindilar va (dahshatdan) qattiq larzaga tushdilar.
33.12 . O'shanda munofiqlar va dillarida illat bo'lgan (e'tiqodlari zaif) kimsalar: "Alloh va Uning payg'ambari bizlarga faqat yolg'on va'da qilgan ekanlar", - deya boshladilar.
33.13 . O'shanda ulardan bir toifasi dedi: "Ey, Yasrib (Madina) ahli, sizlar uchun (bu qadar ko'p sonli yovga qarshi) turish imkoni yo'qdir, bas, (o'z uylaringizga) qaytib ketinglar". Ulardan yana bir guruhi esa: "Uylarimiz ochiq-sochiq", - deb Payg'ambardan izn so'radilar. Holbuki, (uylari) ochiq-sochiq emas edi. Ular faqat (jangdan) qochishnigina istardilar.
33.14 . Agar ularning (munofiqlarning) ustiga (Madinaning turli) tomonlaridan kirilsa, so'ngra ulardan fitna talab qilinsa, albatta, ular ko'p (ikkilanib) turmasdan unga (fitnaga) kelgan bo'lur edilar.
33.15 . Holbuki, ular ilgari ortga chekinmaslari haqida Alloh bilan ahdlashgan, Allohga berilgan ahd esa (qiyomat kunida) so'raluvchidir.
33.16 . (Ey, Muhammad,) ayting: "Agar sizlar o'lishdan yo o'ldirilishdan qochsangizlar, bu qochish sizlarga sira foyda bermas, demak, sizlar hayotdan juda oz foydalanursizlar".
33.17 . Ayting: "Agar Alloh sizlarga yomonlikni iroda etsa, sizlarni kim undan asray olur yoki U sizlarga marhamatni iroda qilsa (kim uni to'sa olur)?!" Ular o'zlariga Allohdan o'zga do'st ham, yordamchi ham topa olmaslar.
33.18 . Alloh sizlarning orangizdagi (jihodga) to'sqinlik qiladigan va o'z do'stlariga: "Biz tomonga o'tinglar", - deydigan kimsalarni aniq bilur. Ular jangga kamdan-kam kelurlar.
33.19 . (Bu) sizlarga nisbatan baxilliklaridir. Bas, qachonki, (yov tomonidan) xavf kelsa, siz ularni o'lim o'rab behush bo'lgan kimsa kabi ko'zlari o'ynab, siz tomonga qarayotganlarini ko'rasiz. Bas, qachonki, xavf ketsa, ular yaxshilik (o'ljalar) ustida ochko'zlik qilib, sizlarni o'tkir tillar bilan ranjiturlar. Ular imon keltirmaganlar, bas, (shu sababli) Alloh ularning amallarini behuda ketkazdi. Bu Allohga osondir.
33.20 . Ular (munofiqlar) u firqalarni (yovni) ketmagan deb o'ylaydilar va agar u firqalar (qaytib) kelib qolsalar, ko'chmanchi badaviylar orasida bo'lib, sizlardan xabar so'rab turishni istaydilar. Agarda ular sizlarning orangizda bo'lganlarida ham kamdan-kam jang qilgan bo'lur edilar.
33.21 . (Ey, imon keltirganlar,) sizlar uchun - Alloh va oxirat kunidan umidvor bo'lgan hamda Allohni ko'p yod qilgan kishilar uchun Allohning payg'ambarida go'zal namuna bordir.
33.22 . Mo'minlar firqalarni (yovni) ko'rgan vaqtlarida: "Bu Alloh va payg'ambari bizlarga va'da qilgan narsadir (imtihondir). Alloh va payg'ambarining so'zi rostdir", - dedilar va (bu) ularning imon va itoatlarini yanada ziyoda qildi.
33.23 . Mo'minlar orasida Allohga bergan ahdiga sodiq kishilar bordir. Bas, ulardan o'z ahdiga vafo qilgani (shahid bo'lgani) va ulardan (shahid bo'lishni) kutayotgani bordir. Ular (ahdu paymonlarini) o'zgartirganlari yo'q.
33.24 . Alloh (ahdiga) sodiq kishilarni sadoqatlari sababli mukofotlash uchun, munofiqlarni esa, agar xohlasa, azobga giriftor etish yoki tavbalarini qabul qilish uchun (mazkur sinovni o'tkazdi). Alloh mag'firatli va mehribon zotdir.
33.25 . Alloh kofirlarni darg'azab hollarida qaytardi. Ular biror yaxshilik (foyda)ga erishmadilar. Alloh mo'minlarga jang to'g'risida kifoya qildi (mo'minlarni jangsiz g'olib qildi). Alloh kuchli va qudratli zotdir.
33.26 . U (firqalarga) yordam bergan, ahli kitobdan iborat kimsalarni (Alloh) o'z qal'alaridan tushirdi va dillariga qo'rquv soldi. (Ulardan) bir guruhni o'ldirursizlar, bir guruhni asir olursizlar.
33.27 . Sizlarni ularning yerlariga, maskanlariga, mol-mulklariga va oyoqlaringiz yetmagan yerlariga voris qildi. Alloh har narsaga qodir zotdir.
33.28 . Ey, Payg'ambar, xotinlaringizga ayting: "Agar sizlar dunyo hayotini va uning zebu ziynatlarini istaydigan bo'lsangizlar, u holda kelinglar, men sizlarni (o'sha narsalar bilan) bahramand qilay va yaxshilab kuzatay (taloq qilay).
33.29 . Agar Allohni, Uning payg'ambarini va oxirat diyorini istaydigan bo'lsangizlar, u holda Alloh sizlarning orangizdagi chiroyli amal qiluvchilar uchun ulkan mukofot (jannat)ni tayyorlab qo'ygandir".
33.30 . Ey, Payg'ambar ayollari, sizlardan kim aniq fahsh ishini qilar ekan, uning uchun azob ikki barobar ziyoda qilinur. Bu Allohga osondir.
33.31 . Sizlardan kim Alloh va Uning payg'ambariga itoat etsa va ezgu amal qilsa, Biz uning mukofotini ikki hissa qilib berurmiz va uning uchun farovon rizq (jannat)ni tayorlab qo'ygandirmiz.
33.32 . Ey, Payg'ambar ayollari, agar taqvodor bo'lsangizlar, (o'zga) ayollarning birortasi kabi emasdirsizlar. Bas, sizlar (nomahram erkaklarga) mayin so'z qilmanglarki, aks holda qalbida buzuqlik bo'lgan kimsa ta'ma qilib qolur. Yaxshi (to'g'ri) so'zni so'zlangizlar!
33.33 . O'z uylaringizda qaror topinglar, (ko'chaga chiqqanlaringizda esa) ilgarigi johiliyat (davri) yasanishidek yasanmangizlar! Namozni mukammal ado etinglar, zakotni beringlar hamda Alloh va Uning payg'ambariga itoat etinglar! Ey, (Payg'ambarning) xonadon ahli, Alloh sizlardan gunohni ketkazishni va sizlarni obdon poklashni istaydi, xolos. (oyatning bu qismi Ali Fotima , Hasan va Husaynlar haqlarida bo`lib, ularning ma`sumliklariga dalolat qiladi)
33.34 . Uylaringizda Allohning tilovat qilinadigan oyatlari va hikmat (ya'ni, payg'ambar hadislari)ni zikr qilinglar! Albatta, Alloh lutfli va ogoh zotdir.
33.35 . Albatta, muslim va muslimalar, mo'min va mo'minalar, itoatli erkaklar va itoatli ayollar, rostgo'y erkaklar va rostgo'y ayollar, sabrli erkaklar va sabrli ayollar, tavozu'li (kamtar) erkaklar va tavozu'li ayollar, sadaqa qiluvchi erkaklar va sadaqa qiluvchi ayollar, ro'za tutuvchi erkaklar va ro'za tutuvchi ayollar, avratlarini (haromdan) saqlovchi erkaklar va (avratlarini haromdan) saqlovchi ayollar, Allohni ko'p zikr qiluvchi erkaklar va (Allohni ko'p) zikr qiluvchi ayollar - ular uchun Alloh mag'firat va ulug' mukofot (ya'ni, jannat)ni tayyorlab qo'ygandir.
33.36 . Alloh va Uning payg'ambarlari bir ishni hukm qilganda - hech bir mo知in va mo知inaga (uni bajarish yoki bajarmaslik) ishlarida ixtiyor bo'lishi mumkin emasdir. Kimki Alloh va Uning payg'ambariga itoatsizlik qilsa, bas, u aniq zalolat bilan yo'ldan ozibdi.
33.37 . (Ey, Muhammad,) eslang, Allohning va Sizning in'omingizga erishgan (Zayd ibn Horisa)ga: "Juftingni o'zingga saqlagin (taloq qilishga shoshmagin), Allohdan qo'rqqin", - deb, Alloh oshkor qiluvchi bo'lgan narsani ichingizda yashirgan edingiz va Allohdan qo'rqishga haqliroq bo'lgan holingizda, Siz odamlardan (ta'nalaridan) qo'rqqan edingiz. Bas, qachonki, Zayd undan (Zaynabdan) hojatini ado etgach (uni taloq qilgach), Biz Sizni unga uylantirdik. Toki mo知inlarga asrandi bolalari o'z xotinlaridan hojatlarini ado etishgach (taloq qilishgach), ularga (uylanishlarida tanglik bo'lmasligi uchun (shunday) qildik). Allohning amri esa bajariluvchidir.
33.38 . Allohning payg'ambarga farz (halol) qilgan narsada unga tanglik bo'lmas. (Bu) ilgari o'tgan (payg'ambarlar) haqidagi Allohning yo'lidir. Allohning ishi o'lchovli taqdirdir.
33.39 . Ular (o'tgan payg'ambarlar) Allohning farmonlarini (bandalarga) yetkazadigan, Undan qo'rqadigan va Allohdan o'zgadan qo'rqmaydigan zotlardir. Allohning O築i yetarli hisobdondir.
33.40 . Muhammad sizlarning erkaklaringizdan birortasining otasi emasdir, balki u Allohning elchisi va payg'ambarlarning muhridir. Alloh barcha narsani biluvchi zotdir.
33.41 . Ey, imon keltirganlar, Allohni ko'p zikr qilinglar
33.42 . va erta-yu kech Unga tasbeh aytinglar!
33.43 . U sizlarni zulmatlardan nurga chiqarish uchun sizlarga marhamat ko'rsatadigan zotdir. Uning farishtalari ham (sizlarga mag'firat tilaydilar). U mo知inlarga mehribondir.
33.44 . Unga (Allohga) ro'baro' bo'ladigan kundagi ularga (Allohning) istiqbol so'zi salomdir.Ular uchun ulug' mukofot (jannat) tayyorlab qo'ygandir.
33.45 . Ey, Payg'ambar, darhaqiqat, Biz Sizni (qiyomatda barcha ummatlarga) guvoh bo'luvchi, (jannat xaqida) xushxabar beruvchi va (do'zax azobidan) ogohlantiruvchi etib yubordik.
33.46 . Allohning izni bilan Unga (diniga) da'vat qiluvchi va (yo'l ko'rsatuvchi) nurli chiroq qilib ham.
33.47 . Alloh tomonidan berilajak katta fazl (jannat) haqida mo知inlarga xushxabar bering!
33.48 . Kofirlar va munofiqlarga bo'yin sunmang va ularning aziyatlariga parvo qilmang hamda Allohga tavakkul qiling! Allohning O築i yetarli vakil (homiy)dir.
33.49 . Ey, mo知inlar, qachonki, sizlar mo知inalarni nikohlaringizga olsangizlar-u, so'ngra ularga "tegish"dan ilgari ularni taloq qilsangizlar, u holda sizlar uchun ularning zimmasida sanaydigan idda yo'qdir. Bas, sizlar ularni (ozgina) bahramand etib, chiroyli kuzatish bilan kuzatinglar!
33.50 . Ey, Payg'ambar, albatta, Biz Sizga mahrlarini bergan juftlaringizni, Alloh Sizga o'lja qilib bergan qo'l ostingizdagi cho'rilaringizni, Siz bilan birga hijrat qilgan amakingizning qizlarini va ammalaringizning qizlarini, tog'angizning qizlarini va xolalaringizning qizlarini yana (har qanday) mo知ina ayolni - agar u o'zini payg'ambarga tortiq etsayu, payg'ambar uni (mahrsiz) o'z niqohiga olishni istasa, (mazkur ayollarni Siz uchun) halol qildik. (Mahrsiz uylanish barcha) mo知inlar uchun emas, xolis siz uchundir. Biz (mo知inlarga) juftlari va qo'l ostilaridagi cho'rilari haqida farz qilgan hukmlarimizni esa aniq bildik. Bu Sizga tanglik bo'lmasligi uchundir. Alloh mag'firatli va rahmli zotdir.
33.51 . Siz ulardan o'zingiz xohlagan ayolni qoldirib, o'zingiz xohlagan ayolni o'zingizga hamxona qilursiz. O築ingiz chetlatgan ayollaringizdan birortasini (hamxonalikka) istasangiz, Sizga hech qanday gunoh bo'lmas. Bu ularning ko'zlari quvonishiga, g'amgin bo'lmasliklariga va Siz ularga ato etgan narsaga barchalari rozi bo'lishlariga yaqinroq (yo'l)dir. Alloh sizlarning dillaringizdagi narsani (ham) bilur. Alloh bilimdon va halimdir.
33.52 . (Ey, Muhammad,) Siz uchun bundan so'ng ayollar (ya'ni, uylanishingiz) halol bo'lmas. Garchi (boshqa xotinlarning husni Sizni qiziqtirsa ham ularni (o'z ayollaringizga) almashtirish ham (halol bo'lmas). Illo, Siz ega bo'lgan cho'rilar (haloldir). Alloh barcha narsa ustidan kuzatib turuvchi zotdir.
33.53 . Ey, imon keltirganlar, Payg'ambarning uylariga faqat sizlarni biror taomga chaqirilsagina kiringlar. (O痴handa ham) unga erishishga ko'z tutib turmangizlar, balki chaqirilganingizda kiringiz va taomdan so'ng gapga berilib ketmay, tarqalingiz! Zero, bu Payg'ambarga ozor berur, u esa sizlardan iymanar. Alloh haq (gap)dan tortinmas. Qachonki, sizlar ulardan (payg'ambar ayollaridan) biror narsa so'rasangizlar, parda ortidan so'rangizlar! Mana shu sizlarning dillaringiz va ularning dillariga nisbatan ham tozaroq (ish)dir. Sizlar uchun Allohning payg'ambariga ozor berish va undan keyin ayollariga uylanishingiz hech mumkin emasdir. Chunki, bu Alloh nazdida ulkan (gunoh)dir.
33.54 . Agar sizlar biror narsani oshkor qilsangizlar yoki yashirsangizlar ham, albatta, Alloh barcha narsani biluvchi zotdir.
33.55 . (Payg'ambar ayollari) o'z otalariga, o'g'illariga, og'a-inilariga, og'a-inilarining o'g'illariga, opa-singillarining o'g'illariga, (mo'mina) ayollarga va qo'l ostilaridagi cho'rilarga (hijobsiz ko'rinishlarida) ularga gunoh yo'qdir. (Ey, payg'ambar ayollari), Allohdan qo'rqingizlar! Albatta, Alloh barcha narsaga guvohdir.
33.56 . Albatta, Alloh va Uning farishtalari Payg'ambarga salavot ayturlar. Ey mo知inlar, (sizlar ham) unga salavot va salom aytinglar!
33.57 . Albatta, Alloh va Uning payg'ambariga ozor beradigan kimsalarni Alloh dunyoda ham, oxiratda ham la'natlar va ular uchun xor qiluvchi azobni tayyorlab qo'ygandir.
33.58 . Mo'min va mo'minalarga qilmagan gunohlari bilan ozor beradigan kimsalar bo'hton va aniq gunohni o'zlariga olibdilar.
33.59 . Ey, Payg'ambar, xotinlaringizga, qizlaringizga va mo'minlarning xotinlariga ayting, ustlariga yopinchiqlarini tashlab olsinlar! Mana shu ularning (kim ekanliklari) tanilib, ozorlanmasliklari uchun eng yaqin (uslubdir). Alloh mag'firatli va rahmli zotdir.
33.60 . Qasamki, agar munofiqlar, dillarida buzuqlik bo'lgan kimsalar va Madinada mish-mish tarqatib yuruvchilar (o'z qilmishlaridan) tiyilmasalar, albatta, Biz Sizni ularga qarshi qo'zg'aturmiz, so'ngra ular (Madinada) ozchilikdan boshqasi Siz bilan yonma-yon tura olmay qolurlar,
33.61 . la'natga duchor bo'lgan hollarida. (U paytda) ular qayerda topilsalar, ushlanurlar va qirib tashlanurlar.
33.62 . (Bu) ilgari o'tgan zotlar xususidagi Allohning yo'lidir. Allohning yo'lini esa sira o'zgartirilgan topmassiz.
33.63 . Odamlar Sizdan qiyomat (qachon bo'lishi) haqida so'raydilar. "U haqdagi ma'lumot faqat Allohning huzuridadir", - deb ayting. Qayerdan bilursiz, ehtimol, qiyomat yaqinda bo'lar.
33.64 . Albatta, Alloh kofirlarni la'natladi va ular uchun do'zaxni tayyorlab qo'ydi.
33.65 . (Ular) na biror do'st va na biror yordamchi topmagan hollarida u joyda mangu qolurlar.
33.66 . Yuzlari olovda aylantiriladigan kunda, ular: "Koshki edi, Allohga itoat etganimizda, payg'ambarga itoat etganimizda", - derlar.
33.67 . Yana ular: "Parvardigoro, darhaqiqat, bizlar boshliqlarimizga va kattalarimizga bo'yin sundik, bas, ular bizlarni (to'g'ri) yo'ldan ozdirdilar.
33.68 . Parvardigoro, ularga azobni ikki hissa qilib bergin va ularni katta la'nat bilan la'natlagin", - deydilar.
33.69 . Ey, mo'minlar, sizlar Musoga ozor bergan kimsalar kabi bo'lmangizlar! Bas, Alloh (Musoni) ular aytgan narsa (ayblar)dan oqladi. U Alloh nazdida obro'li kishi edi.
33.70 . Ey, mo知inlar, Allohdan qo'rqinglar va to'g'ri so'zlanglar!
33.71 . (Shunda Alloh) ishlaringizni o'nglar va gunohlaringizni mag'firat etar. Kimki Allohga va Uning payg'ambariga itoat etsa, bas, u ulug' yutuqqa erishibdi.
33.72 . Biz (bu) omonatni (chin bandalik omonatini) osmonlarga, Yerga va tog'larga taklif etdik, ular uni ko'tarishdan bosh tortdilar va undan qo'rqdilar. Inson esa uni o'z zimmasiga oldi. Darhaqiqat, u (o'ziga) zulm qiluvchi va nodondir.
33.73 . Alloh munofiq va munofiqalarni, mushrik va mushrikalarni jazolash uchun hamda mo知in va mo'minalarning tavbalarini qabul qilish uchun (bu omonatni yukladi). Alloh mag'firatli va rahmli zotdir.