') //-->
101.1 . (U) zarba beruvchi (qiyomat)dir.
101.2 . Zarba beruvchi nedur?!
101.3 . (Ey, inson,) zarba beruvchi nima ekanini senga ne ham anglatur?!
101.4 . U Kuni odamlar to'zitib yuborilgan parvonalar kabi bo'lurlar.
101.5 . Tog’lar esa titilgan yung kabi (havoda uchib yuradigan) bo'lur.
101.6 . Bas, endi (o'sha kuni) kimning tortilgan (yaxshi amallari) og’ir kelsa,
101.7 . ana o'sha qoniqarli maishatda bo'lur.
101.8 . Ammo, kimning tortilgan (yaxshi amallari) yengil kelsa,
101.9 . uning joyi "jarlik"dir.
101.10 . Uning nima ekanini Sizga ne ham anglatur?!
101.11 . (U) (do'zaxdagi) lovullab yonuvchi olovdir.