') //-->
100.1 . Qasamyod etaman pishqirib chopadigan,
100.2 . (chopganda tuyoqlaridan) chaqmoq chaqnatadigan,
100.3 . tong paytida (yov sari) bostirib boradigan,
100.4 . bas, o'shanda (ortida) chang qoldiradigan,
100.5 . shu (chang) bilan (dushman) jamoasining o'rtasiga kirib boradigan (ot)largaki,
100.6 . haqiqatan, (kofir) inson Parvardigori (ato etgan ne'matlar)ga noshukrlik qiluvchidir!
100.7 . Yana u bunga (noshukrligiga) guvohdir.
100.8 . Yana u mol-dunyo muhabbatiga juda qattiq (beriluvchi)dir.
100.9 . Axir, u bilmasmiki, (Qiyomat qoyim bo'lib), qabrlarning ichidagi narsalar chiqarilganida
100.10 . va dillardagi sirlar oshkor qilinganida -
100.11 . ana o'sha Kunda, albatta, Parvardigorlari ulardan (qilib o'tgan ishlaridan) xabardor-ku!